Huawei 1
Nurafshon shahrida yangi sanoat texnoparki tashkil etish rejalashtirilmoqda

Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shaharda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar berdi Strategik islohotlar agentligi.

Hujjat Toshkent viloyati hokimligi, shuningdek, mahalliy tadbirkorlar ishtirokida ishlab chiqilgan. Unda, shaharda maxsus sanoat zonasi shaklida sanoat va tashqi savdo texnoparkini tashkil etish taklif etilmoqda.

Bo‘lajak texnopark hududida balandligi 2 dan 7 qavatgacha bo‘lgan sanoat binolarini barpo etish, ularda umumiy qiymati $720 mln bo‘lgan ijtimoiy, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma obyektlarini joylashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, shahar munitsipal mulki negizida biznes loyihalarini amalga oshirish uchun “Nurafshon” investitsiya kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilgan. Toshkentda ham xuddi shunday kompaniya 2023 yilda tashkil etilgan.

Bundan tashqari, rekonstruksiya dasturida 1000 xonadonli turar-joy majmualari va tijorat binolari qurilishi ko‘zda tutilgan.

Buning uchun Toshkent yo‘li va Xurramlik ko‘chalarida 1950−1960-yillarda qurilgan bir va ikki qavatli uylarni buzish taklif etilmoqda.

Shuningdek, “Birlik” mahallasida ekobozor va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash ombori qurilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, sobiq “To‘ytepa tekstil” korxonasi hududida $320 mlnlik investitsiya loyihalarini joylashtirish taklif etilmoqda.

“Nurafshon Biznes Siti” hududida umumiy maydoni 6 gektar bo‘lgan turar-joy majmuasi va bolalar bog‘chasi qurilishi rejalashtirilgan.

Bu yerda ko‘p qavatli mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar markaz ham joylashishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91903 | Инструменты