Huawei 1
Nurafshonda 6 yoshlilar uchun bepul ta’lim guruhlari yopilyapti

Nurafshon shahri hokimi qarori bilan 3 ta mahalladagi maktablarda tashkil qilingan majburiy bepul ta’lim guruhlari tugatilyapti.

Sababi — ularda o‘qiydigan 6 yoshli bolalar soni kam. Xususan, Degantepa, Chig‘iriq va Oppoq mahallaridagi 73, 19 va 10-maktablarda tuzilgan bepul ta’lim guruhlari endi yo‘q.

Bu mahalladagi 6 yoshli bolalar maktabga tayyorlanmaydi, chunki ularning soni to‘liq qamrovga yetmagan. To‘liq qamrov qancha bo‘lishi ochiqlanmagan.

Ammo 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash uchun bepul o‘qitilishi davlat siyosati hisoblanadi. Ularning aybi mahalla kichikligi yoki tengdoshlari kamligida bo‘lmasligi lozim.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112209 | Инструменты