Nurobod tumani hokimi koronavirusga chalinib, sog'aygani ma'lum qilindi
Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zairov koronavirusga chalinib, hozirda sog'aygani haqida ma'lum qildi:
"Men koronavirus infeksiyasidan sog'aydim. Hozir o'zimni juda yaxshi his etyapman. Ammo hali ham qayerda kasallikni yuqtirib olganimni tasavvur qila olmayapman. Shuni bildimki, hech kim koronavirusga e'tiborsizlik bilan qaramasligi kerak. Salomatlik va xavfsizlik mutlaq ustivor vazifadir. Shuning uchun barchamiz karantin qoidalari qat'iy rioya qilib, o'zimiz, yaqinlarimiz sog'lig'ini asraylik. Birgalikda bu sinovli damlarni yengib o'tamiz", – dedi tuman hokimi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50723 | Инструменты