Huawei 1
O‘mon Sultonligi bilan transport logistika sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi

“III Toshkent xalqaro investitsiya forumi”da Transport vaziri Ilhom Maxkamov bugun O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etdi.

Xususan, aviaqatnovlarni rivojlantirish, logistika markazlarini barpo etish hamda Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga