O‘zbekistonda uch oyda 212,2 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi joriy yilning yanvar-mart oylarida “avtoraqam.uzex.uz” savdo tizimi orqali sotilgan avtomobil davlat raqamlaribo‘yicha maʼlumot berdi.

Keltirilishicha, “avtoraqam.uzex.uz” savdo tizimida 212,2 mlrd so‘mlik 52,6 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn-auksionlar orqali sotilgan. Avtoraqamlarning sotuvi son va hajmi bo‘yicha 3,2 barobarga o‘sgan.

Maʼlum bo‘lishicha, 3 oy ichida sotuvlar hajmi o‘tgan yil davomida sotish hajmining yarmidan ko‘pini tashkil etdi. 2023 yilda jami 87 ming donadan ortiq avtomobil raqamlari 396,1 milliard so‘mga sotilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51915 | Инструменты