Huawei 1
O‘zbek olimlari yangi o‘simlik turini kashf etdi

O‘zR FA Botanika instituti O‘zbekiston florasi hamda Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasi xodimlari fan uchun piyoz (Allium) ning yangi turini aniqladi. 

Surxondaryo viloyatidagi Bobotogʻ tizmasidan topilgan bu tur Allium suhangii deb nomlandi. Allium suhangii morfologik jihatdan  Allium brevidensga o‘xshash, lekin tojbarglarining uzunligi va o‘ziga xos rangi bilan farqlanadi. Kashf qilingan yangi  turning tavsifi mashhur PhytoKeys jurnalida nashr etildi. Maqola Allium turkumiga mansub bo‘lgan yangi turning O‘zbekiston hududidan topilganligini va uni to‘liq O‘zbekiston florasi uchun noyob endemik tur ekanligini ko‘rsatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12209 | Инструменты