Huawei 1
O‘zbekiston 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

2025-yil 12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi - QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi.

2025-yilgi reytingda O‘zbekiston Respublikasi 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

Reytingda qayd etilgan O‘zbekiston universitetlari va yo‘nalishlari:

Asosiy yutuqlar va yangiliklar shundan iboratki, O‘zbekiston ilk marotaba “Zamonaviy tillar” yo‘nalishi bo‘yicha QS reytingida qayd etildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika sohasida o‘z natijasini yaxshilab, kuchli 450 talikdan joy oldi. Shuningdek, “Iqtisod va ekonometriya” hamda “Fizika va astronomiya” yo‘nalishlarida ham mamlakat vakillari ilk bor ishtirok etishdi. TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti esa “Muhandislik va texnologiyalar” hamda “Atrof-muhit fanlari” yo‘nalishlarida avvalgi o‘rnini saqlab qoldi.

Reyting natijalari QS World University Rankings by Subject 2025 baholash mezonlari asosida aniqlangan bo‘lib, ular akademik obro‘, ish beruvchilar orasidagi obro‘, ilmiy maqolalarning iqtiboslar soni va ilmiy tadqiqotlar sifati (jumladan, Xirsh indeksi) kabi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika yo‘nalishida ish beruvchilar orasidagi obro‘, maqolalarning iqtiboslari va Xirsh indeksi bo‘yicha yuqori baholandi.

Ma’lumot uchun, QS Quacquarelli Symonds — dunyodagi yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tahlil agentligi bo‘lib, 2004-yildan boshlab nufuzli universitetlar reytingini tuzib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31412 | Инструменты