Huawei 1
O‘zbekiston elchixonasi Dehli xalqaro aeroportida qo‘lga olingan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv ishlarini nazoratga oldi

Joriy yil 6-may kuni Dubaydan Dehliga uchib kelgan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro tilla quymalarini Hindiston hududiga noqonuniy yo‘l bilan olib kirishga urinayotganda qo‘lga olingan

Hozir ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

O'zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolarimiz bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning masʼul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya vatandoshlarimizdan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qatʼiy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on vaʼdalariga aldanib qolmaslikka, samolyotga chiqish oldidan begona kishilardan yuk yoki buyumlar olmaslikka chaqiradi.

Hindistonda turli kutilmagan noxush hollarga tushib qolgan fuqarolar tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam olish uchun elchixona konsullik bo‘limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishi mumkin: telefon:+91 11 2467 0774/75, elektron manzil: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com, Telegram-bot: @consuluzbindia_bot.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты