London shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov hamda Britaniyaning “Association of Labour Providers” (ALP - Mehnat taʼminotchilari uyushmasi) bosh direktori David Camp bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun: ALP - Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar aʼzo.
Muzokarada, Buyuk Britaniya Mehnat taʼminotchilari uyushmasi (ALP) direktori janob David Camp: "O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", - deya taʼkidladi.
Uchrashuvda, Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda yurtdoshlarimizni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91813 | Инструменты