Hisobot davrida mazkur toifadagi mahsulotlar importi 11,3 mlrd AQSh dollariga yetib, jami import hajmining 32,6 foizini tashkil etdi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish va modernizatsiya jarayonlari sababli mamlakat iqtisodiyotida texnika hamda sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.
2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining jami import hajmi 34,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Statistika agentligi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat tashqi savdosida mashina va transport uskunalarining ulushi yuqoriligicha qolmoqda.
Hisobot davrida mazkur toifadagi mahsulotlar importi 11,3 mlrd AQSh dollariga yetib, jami import hajmining 32,6 foizini tashkil etdi.
Statistikaga ko‘ra, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida import tarkibidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagicha taqsimlangan:
Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,3 mlrd AQSh dollari;
Sanoat tovarlari — 5,1 mlrd AQSh dollari;
Xizmatlar — 4,6 mlrd AQSh dollari;
Kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar — 4,2 mlrd AQSh dollari;
Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,7 mlrd AQSh dollari;
Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va o‘xshash mahsulotlar — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd AQSh dollari;
Yoqilg‘idan tashqari nooziq-ovqat xomashyosi — 1,1 mlrd AQSh dollari.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish va modernizatsiya jarayonlari sababli mamlakat iqtisodiyotida texnika hamda sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102613 | Инструменты