Huawei 1
“O‘zbekiston Respublikasining investitsion siyosati: hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi

30 sentabr kuni poytaxtimizda “O‘zbekiston Respublikasining investitsion siyosati: hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti Yosh tahlilchilar klubi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Unda klubning 50 dan ortiq a’zosi ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistondagi investitsion siyosatning bugungi holati va Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar mavzularida ma’ruzalar tinglandi. So‘zga chiqqanlar xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, “biznes ombudsman”ning tashkil etilgani borasidagi firklari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng, Yosh tahlilchilar klubi a’zolari uch guruhga bo‘lingan holda, Islom hamkorlik tashkiloti hamda MDHga a’zo va Osiyo davlatlari misolida taqdimotlar qilishdi. Unda talabalar O‘zbekistonga investorlarni jalb qilish, chet el sarmoyasini olib kirish uchun istiqbolli tarmoqlarni aniqlash mavzulari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, tadbirda xukumatimiz tomonidan Jahon bankining “biznesni yuritish” reytingi va xalqaro sug‘urta agentliklaridagi reytingda O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilashga doir olib borilayotgan samarali ishlar ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52108 | Инструменты