O‘zbekiston sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga kirdi

“World of Statistics” O‘zbekiston 2024-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga kiritilganini e’lon qildi.

Ushbu reyting mashhur “Lonely Planet” sayohat nashri tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida tuzilgan.

Nashr tomonidan Mo‘g‘uliston, Hindiston, Marokash, Chili, Benin, Meksika va Pokiston ham sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar deb topildi.

Ma’lumot uchun, “Lonely Planet” –kam harajatli sayohatlar bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan birinchi rasmiy nashriyot bo‘lsa, “World of Statistics” – xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlar asosida xalqaro statistik ma’lumotlarni tarqatuvchi eng nufuzli nashr hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты