Joriy yilning 1-aprelidan buyon O‘zbekiston Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,9 milliard kub metr suv berdi. Bu haqda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, avvalroq qo‘shni davlat suv xo‘jaligi vaziri Nurjan Nurjigitov O‘zbekiston bilan olti oy ichida Qozog‘istonga Sirdaryo orqali 3,7 milliard kub metr suv jo‘natish bo‘yicha kelishib olgan.
O‘zbekiston tomoni esa belgilangan hajmdagi suvni 4 oy ichida jo‘natgan.
"Sug‘orish davri yakuniga qadar O‘zbekiston Qozog‘istonga 1 milliard kub metrga yaqin suv jo‘natishi kutilmoqda", – deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты