O‘zbekiston Telegram kanallar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Telegram haqidagi mualliflik kanali asoschisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi statistikasini ma'lum qildi. 

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Telegram kanallari soni bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘ringa chiqib olgan. 

"Ko‘pchilik bilmaydi, lekin hozir O‘zbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi", - deydi Georgiy Lobushkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli ko‘rinadi. Lobushkinning xabar berishicha, hozir O‘zbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat bor. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52921 | Инструменты