Huawei 1
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston logistika muammolarini o‘rganish va transport yo‘laklarini rivojlantirishda hamkorlik qiladi

24-iyun kuni Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov va Mo‘g‘ulistonning Dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar xalqaro tahlil markazi ijrochi direktori Damdin Od Dulguun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar logistika muammolarini o‘rganish, jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida kelgusidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

Muzokaralar yakunida ikki markaz o‘rtasida transport yo‘laklarini rivojlantirish, zarur materiallar almashinuvi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va tahliliy ishlarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi Hadli bitim imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62819 | Инструменты