Prezident tomonidan Qonun (O‘RQ-1068-son, 09.06.2025 y.) imzolangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi Shartnoma (Toshkent, 2024 yil 18 iyul) ratifikatsiya qilindi.
Maʼlumot o‘rnida taʼkidlab o‘tish joizki, hozirgi kunda O‘zbekistonning 96 nafar fuqarosi Qirg‘izistonning jazoni ijro etish muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tamoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning jazoni o‘tash muassasalarida Qirg‘izistonning 55 nafar fuqarosi ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты