Qozog‘istonda politsiya departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik fuqarolarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlandi, deb xabar beradi Polisia.kz.
Ulardan yetti nafari O‘zbekiston Respublikasi, to‘qqiz nafari Tojikiston Respublikasi fuqarolaridir. Mazkur xorijliklar Satpayev shahrida tegishli ruxsatnoma va hujjatlarsiz ishlab kelgani aniqlandi. Chet el fuqarolari Satpayev shahrida noqonuniy ishlab, ma’muriy javobgarlikka tortilib, sud qarori bilan belgilangan talablarni bajarmasdan, Qozog‘iston Respublikasining migratsiya sohasidagi qonunchiligini buzgan.
Bundan tashqari, Tojikiston Respublikasining ikki nafar fuqarosi Olmaota shahar sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori talablarini bajarmay, javobgarlikdan bo‘yin tovlaganliklari aniqlandi. Qayd etish joizki, chet el fuqarolarini noqonuniy mehnat faoliyatiga jalb qilgan ish beruvchilar ham qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Huquq-tartibotni ta'minlash maqsadida barcha chet el fuqarolari mamlakatdan majburan chiqarib yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты