Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabr holatiga mamlakatning rasmiy zaxira aktivlari 59,3 mlrd dollarga yetdi. Bu O‘zbekiston mustaqillik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
O‘tgan bir oy ichida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 4,3 mlrd dollarga oshgan. Xususan, zaxiralarning valyuta qismi 731 mln dollarga, oltin qismi esa 3,6 mlrd dollarga ko‘payib, 47,8 mlrd dollarga yetgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat oltin zaxirasi hajmi 11,6 mln troya unsiyadan 11,9 mln unsiyagacha o‘sgan. Bu o‘sishga jahon bozoridagi oltin narxining keskin ko‘tarilishi asosiy omil bo‘lgan. 2025-yilda oltin narxi ilk bor 1 unsiya uchun 4381 dollardan oshib, 50 foizlik o‘sishni qayd etdi.
Shu bilan birga, zaxiralar tarkibidagi qimmatli qog‘ozlar qiymati ham 1 mlrd dollardan oshib ketgan.
59,3 mlrd dollarlik rasmiy zaxiralar ko‘rsatkichi O‘zbekiston iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, mamlakatning xalqaro moliyaviy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110821 | Инструменты