1-martdan boshlab UzCard kartalari orqali SMS xabarnomalar ta’rifi 84,2 so‘mdan 168,4 so‘mga oshadi. Bu haqda ushbu xizmatni ko‘rsatuvchi Play Mobile kompaniyasi xabar berdi.
Kompaniyaning qayd etishicha, SMS-xabarnoma xizmatlari narxlari 2019-yilning iyul oyidan beri o‘zgarmagan. Shu bilan birga, SMS-trafik hajmi 75 foizga oshgan, bu esa “dasturiy-apparat majmuasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini sezilarli darajada oshirgan”. Quyidagi xarajatlar ham oshgani aniqlangan:
Bundan tashqari, xizmatlar narxiga “tashqi omillar” — elektr energiyasi narxining 100 foizga, bazaviy hisoblash miqdorining 68 foizga va aloqa operatorlari tomonidan undiriladigan bitta SMS o‘rtacha narxining 300 foizga oshishi ta’sir ko‘rsatgan.
Shu bilan birga UzCard kartalarini Telegramʼda kuzatish imkonini beruvchi CardXabar Telegram boti narxi ham qimmatlashadi. Shu paytga qadar botdan oyiga 1 000 so‘m to‘lov bilan foydalanish mumkin edi. 1 martdan boshlab eng arzon Start paketi (250 tagacha xabar) uchun 5 ming so‘m, eng qimmat Infinite paketi (20 mingtadan ko‘proq xabar) uchun 500 ming so‘m to‘lash kerak bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52722 | Инструменты