Madaniyat va turizm vazirligida ichki turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Unda ichki turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohani rivojlantirish, xususan, 2023-yilda ichki turizm sohasida oldinga qo‘yilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil davomida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida 11 435 000 ta ichki sayohatlar amalga oshirilgan. Bu 2021-yilga nisbatan 1,9 barobar ko‘pligi ta'kidlandi.
Jumladan, 700,1 mingta mehnat jamoalari sayohatlari, 37,9 mingta ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar sayohatlari, 1,4 mingta notinch oilalar sayohatlari, 588,3 mingta yoshlar hamda nuroniylar sayohatlari hamda 10 mln 107,4 mingta mahalliy aholi sayohatlari tashkil qilindi.
Uchrashuvda turizm turlarini rivojlantirish, ayniqsa, ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish turizmning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolayotganligi alohida ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122213 | Инструменты