Huawei 1
O‘zbekistonda 41 foiz aholi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonda hojatxonalarning sanitariya qoidalariga javob berishi haqidagi tahlilini e’lon qildi

Unga ko'ra, O‘zbekistonda aholining 41 foizi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonalardan foydalanadi, qishloqlarda bu ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori. Uy xo‘jaliklarining faqat 16 foizigina markazlashgan oqova tizimga ulangan, shaharda bu ko‘rsatkich 27 foizni, qishloq joylarida 2 foizni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, dunyo miqyosida 2,5 milliard kishi sanitariya talabiga javob bermaydigan hojatxonadan foydalanadi. Qishloq joylarda sanitariya talablariga javob beruvchi hojatxonalarni qurish diareya bilan kasallanish holatlarini 30-50 foizga kamaytiradi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistondagi maktablarning 13 foizida qo‘lni sovun va suv bilan yuvish uchun sharoit bo‘lmagan. Maktablarning 83 foizi toza ichimlik suvi, 78 foizi esa sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51314 | Инструменты