Huawei 1
O‘zbekistonda 9 yoshli qizlar papilloma virusiga qarshi emlanmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 528 000 nafar ayol bachadon bo‘yi saratoni kasalligi bilan kasallanib, ulardan 266 000 nafari nobud bo‘lmoqda. 

O‘zbekistonda  esa har yili 1660 nafar  ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinayotgan bo‘lsa, 608 nafar ayol vafot etmoqda.
Kasallikning profilaktikasi 9 yoshdagi  qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash hisoblanadi. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadigan va eng ko‘p tarqalgan saraton kasaligi  hisoblanadi. 

Joriy yilning aprel va may oylarida joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining emlash brigadalari tomonidan papilloma virusi kasalliklarining oldini olish maqsadida odam papillomasi virusi vaksinasi bilan milliy emlash kalendari asosida 9 yoshdagi qizlarni emlash tadbirlari olib boriladi.

Buning uchun 3138 ta emlash punktida tibbiyot xodimlarining tayyorgarligi oshirilib,  rejaga asosan 307 064  nafar 9 yoshdagi qizni emlash qamrovi jarayoni davom etayapti.

Respublika Virusologiya ITI, Onkologiya va akusherlik-ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agar VPCh vaksinasi bilan emlash o‘tkazilsa kelgusida 1100 nafar ayolni bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanishining oldi olinadi, qolaversa 583 nafar ayolning hayotini saqlab qolishga erishiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10603 | Инструменты