Huawei 1
O‘zbekistonda akademik litseylarga qabul boshlandi

Bugun, 10 iyundan 2024-2025 o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi.

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma maʼlumotlarini kiritish bilan birga, quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklash lozim:

3,5x4,5 sm o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
o‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar - fan olimpiadasi g‘olibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud bo‘lsa).

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda:

- o‘zlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yo‘nalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil bo‘lishi kerak);

- va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.

Abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

Qabul jarayonlari 10 iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61102 | Инструменты