Huawei 1
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon O‘zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasida birgalikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, qo‘shma Investitsiya kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari qizg‘in pallaga kirgan. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv uchun yangi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida hukumatlar darajasida yaqindan amaliy hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu ma’noda, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va ikki mamlakat hududlari forumining yuqori natijadorligini ta’minlash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61212 | Инструменты