Toshkentda JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Qatar termalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Garchi O‘zbekiston JCH masalasini avvalgi o‘yinda hal etgan bo‘lsa ham, o‘yin keskin va qiziqarli kechdi.
Dastlab 28-daqiqada Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochdi. Uchrashuvning birinchi taymi shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi taymda ham O‘zbekiston hujumni kuchaytirdi. Nihoyat, 86-daqiqaga kelib Eldor Shomurodov natijani 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 90+2 daqiqada Igor Sergeyev hisobni yiriklashtirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61213 | Инструменты