O‘zbekistonda avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish jarayoni yana-da qulay va tezkor bo‘ldi.

Buning uchun hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi. Faqat onlayn tarzda ariza to‘ldirilib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborish kifoya. Qolganini YHXX xodimlari bajarishadi.

Arizangiz ko‘rib chiqilgach, natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.

Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov – 112 500 so‘m (0,3 BHM)

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30117 | Инструменты