“Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida o‘z mikro-biznesini yo‘lga qo‘ygan va ijobiy kredit tarixiga ega aholiga 50 million so‘mgacha garovsiz kreditlar berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozirda 2 million 400 ming aholi o‘zini o‘zi band qiluvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yig‘ilishda ularga biznesga birinchi qadam uchun kredit berish taklifi bildirildi.
Bunda, yillik 340 ming so‘m ijtimoiy soliq to‘lagan aholiga imtiyozli kredit ajratilib, “onlayn” usulda bank kartasiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, faoliyatini kengaytirib, tadbirkor bo‘lish istagidagi aholiga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi, 50 foizi bank kartasiga o‘tkazib beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82123 | Инструменты