Huawei 1
O‘zbekistonda ayrim shaxslarga tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashish taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2024 yil 19 apreldagi farmoni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda Internetda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Hujjat bilan:

- ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat turlari, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatning litsenziya talablari va shartlari;

- ushbu faoliyat turlarini amalga oshirishdagi cheklovlar;

- faoliyatni tashkil etish uchun to‘lovlar turlari va summalari tasdiqlanmoqda.

Litsenziya olish uchun yuridik shaxs O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi, shuningdek, respublikada joylashgan serverlarda elektron platformaga ega bo‘lishi kerak.

Internet tarmog‘i o‘yinlar va bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi uchun Ustav kapitali miqdori – BHMning 150 ming baravari miqdorida, lotereya tashkilotchisi banklarda BHMning 75 ming baravari miqdoridagi zaxira jamg‘armasini saqlashi kerak.

Faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:

- 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga to‘lovlarni amalga oshirish;

- lotereya biletlarni sotish punktlaridan tashqari o‘yinchilar bevosita ishtiroki va bo‘lishi bilan bog‘liq tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan statsionar yoki ko‘chma o‘yin zallari, kazino, o‘yin avtomatlar zallari yoki boshqa o‘yin muassasalarining tashkil etish.

Quyidagi bukmekerlik garovlarini tashkil etish va o‘tkazish:

- O‘zbekiston Respublikasining hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport o‘yinlari va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan xalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni taʼminlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida o‘tkaziladigan sport o‘yinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;

- bolalar va o‘smirlar sport musobaqalari mustasno.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121614 | Инструменты