O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunga muvofiq Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-8 (ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish) hamda 189-2 (jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish) moddalari bilan to‘ldirildi.
O‘tgan bir yil mobaynida 47-8-modda bilan bugunga qadar 14 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 13 nafariga maʼmuriy jarima, 1 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.
189-2-modda bilan 7 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning barchasiga maʼmuriy jarima jazosi qo‘llanilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10301 | Инструменты