Huawei 1
O‘zbekistonda bo‘yi 4 metrgacha o‘sadigan, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston hududida "Juncao" texnologiyasi asosida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik yetishtiriladi. Ushbu o‘simlik 30 kunda 40 sm, 60 kunda 1 metr, 100 kunda 4 metrgacha o‘sadi.

1 gektar yer maydonga ekilsa, undan 300 tonna chorva uchun ozuqa, 100 tonna qo‘ziqorin, 24 tonna organik mineral o‘g‘it olish mumkin. Uning poyasidan qurilish paneli (DSP) va qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa bo‘ladi.

Bu borada, ya’ni qurg‘oqchilikka chidamli o‘simlik yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Xitoyning “National Engineering Research Center” milliy tadqiqot markazi bilan kelishuvga erishdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin o‘zbek olimlari yangi o‘simlik turini kashf etgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12205 | Инструменты