"Dori-Darmon" AJ tomonidan "Dok-1 Maks" tabletka va sirop dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olish boshlandi.
Xabar qilganimizdek, Hindistonning Marion Pvt. Ltd kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu tabletka va siropni qabul qilgandan so‘ng bemorlarda turli nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan.
Shunga asosan, o‘tkazilayotgan ekspertiza natijalari aniqlanguncha dori vositalarini realizatsiya qilishni to‘xtatish hamda ularni dorixonalardan omborxonaga qaytarib olish haqida topshiriq berilgan.
Eslatib o'tamiz, shifokorlar “Theraflu” dori vositasini ham sotuvdan olib tashlashni talab qilishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120213 | Инструменты