O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz qurilmalarini o‘rnatish tartibi o‘zgartirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining “Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.
Hujjat bilan endilikda energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida o‘rnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari Majburiy ijro byurosi vakilining ishtirokisiz ulanadi, ro‘yxatga olinadi va plombalanadi.
Energiya resurslarini hisobga olish priborlari o‘rnatilgandan va ulangandan keyin yetkazib beruvchining va iste’molchining vakolatli xodimi ishtirokida priborni o‘rnatish to‘g‘risida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17-apreldan kuchga kirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42302 | Инструменты