20-mart kuni Oʻzbekistonda 8 ta noldan iborat telefon raqami 1 milliard soʻmga sotildi. Bu haqda UZEX MOBILRAQAM portalida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, UZEX MOBILRAQAM portalida sakkizta noldan iborat telefon raqami 1 milliard 70 million soʻmga xarid qilingan.
Ushbu telefon raqami 12-mart kuni sotuvga chiqarilgan boʻlib, boshlangʻich narxi 200 million soʻm etib belgilangandi. 20 kodli simkarta Oʻzbekistonda yaqinda tashkil etilgan mobil operatoriga tegishli ekani aytilmoqda.
Auksion qoidalariga koʻra, xaridordan komissiya yigʻimi ham undiriladi. Mijoz jismoniy shaxs ekani koʻrsatilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты