Huawei 1
O‘zbekistonda firibgarlik va tovlamachilik jabrlanuvchisi bo‘lib qolishning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘riladi

O‘zbekistonda 2024–2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Loyiha bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda:

- oilada va taʼlim muassasalarida huquqiy tarbiyani va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash;

- davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash;

- aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni belgilash;

- jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;

- aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda OAVning rolini kuchaytirish;

- huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.

Loyihani qabul qilishdan asosiy maqsad:

- inson-jamiyat-davlatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligini yuksaltirish;

- shaxsiy ehtiyojlar hamda jamiyat ehtiyojlari o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishini taʼminlash;

- mansabdor shaxslar va fuqarolarda qonunga va huquqqa bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish;

- huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini taʼminlashdan iborat.

Xususan, 2024-yil dekabrida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan onlayn huquqiy savodxonlik maktabini tashkil etish va u orqali bepul huquqiy o‘quv kurslarini joriy etish rejalashtirilgan.

Davlat organlari va tashkilotlari uchun ijro intizomi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy qo‘llanma tayyorlash ko‘zda tutilgan.

2024-yil avgust va 2025-yil may oylarida aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, har bir fuqaroga individual yondashuvni joriy etishga qaratilgan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” shiori ostida aholiga huquqiy yordam berishga qaratilgan huquqiy aksiya o‘tkazish belgilanmoqda.

2024—2025-yillar davomida aholini turli huquqbuzarliklar, xususan, firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘irlikning jabrlanuvchisi bo‘lib qolishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar (har oyda kamida bitta tadbir) amalga oshirilishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122418 | Инструменты