Huawei 1
O‘zbekistonda har-bir maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan “Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi

O'quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.

Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika buylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta “Yosh gvardiyachilar”  sinflari mavjud bo‘lgan.

Endilikda Qarorga asosan har-bir Maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan "Yosh gvardiyachilar” vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi va u ikki bosqichda amalga oshirilib birinchi bosqichda – 2024/25-o‘quv yilida 2 530 ta, ikkinchi bosqichda – 2025/26-o‘quv yilida 2 536 ta maktablarda harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.

Maktablarda o‘quvchi va o‘qituvchilarni xavfsizligini taʼminlash borasida hozirda qorovullarning yangi ish tizimi joriy qilindi. 

Oldin maktab qorovuli faqat tungi paytda maktab ichkarisida o‘tirish bilan chegaralgan bo‘lsa, hozirda yangi ish tartibi bo‘yicha bir nafar qorovul kunduzgi vaqtda xizmat olib boradi, maktabga begonalar kirishini oldini oladi, kirish-chiqish va ichki tartibni nazorat qiladi. Qorovullik lavozimlari boschiqma-bosqich harbiy xizmatni o‘tagan yosh kadrlar bilan to‘ldirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda har bir maktab qulf-kalitli bo‘ldi. Ushbu tizim o‘z samarasini ko‘rsatib so‘nggi haftani o‘zida respublika bo‘yicha 6 ta turli holatlarda  maktablarga begonalar kirishining oldi olindi.

Barcha holatlar bo‘yicha aybdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari ko‘rilishi taʼminlandi. 

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60711 | Инструменты