Huawei 1
O‘zbekistonda ilk bor kikboksing bo‘yicha «UZBEKISTAN OPEN» xalqaro turniri o'tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor 15-21 iyun kunlari kikboksing bo‘yicha «UZBEKISTAN OPEN» xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AOKAda  kikboksing bo‘yicha o'tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston kikboksing federasiyasi prezidenti Oybek Narmetov ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, xalqaro turnirda 14 mamlakatdan mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.

"Pandemiya tufayli 10ga yaqin mamlakat sportchilari qatnashish istagida bo‘lsa-da, kela olishmadi. Shunga qaramay, musobaqani yuqori saviyada o‘tkazamiz, deb o‘ylayman» - dedi  Oybek Narmetov.

Kikboksing sport turining tatami, ring, professional, ko‘rgazma kabi 7 ta yo‘nalishi bor. «Uzbekistan open» xalqaro turniri 5 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilmoqda. O‘zbekistondan 10 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan sportchilar qatnashadi.

Kikboksing assotsiatsiyasi huzurida «Kikboksing Pro» nomli promoushen ochilgan, shu yerda O‘zbekistonda ilk bor «WAKO Pro» yo‘nalishida professional janglar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 16 iyun kuni 11 ta jang bo‘lib o‘tadi, dunyoning 9 ta davlatidan 15 nafar jangchi, jumladan, O‘zbekistondan 6 nafar sportchi professional yo‘nalishda kurash olib boradi.

Shuningdek, O‘zbekistonda birinchi marta professional yo‘nalishda qit’alararo kamar uchun jang o‘tkaziladi. Bunda ukrainalik va o‘zbekistonlik sportchi bellashadi»

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты