Bugun 13-iyun kuni kechqurun Eron tomonidan ko‘p miqdorda raketalar Isroil hududiga uchirilgani haqida xabar berilgandi.
Eron matbuoti xabar berishicha, Shahed kamikadze dronlari Isroil havo mudofaasini bostirish uchun uchirilgan va yaqin 50 daqiqada o‘z maqsadiga yetib boradi.
Shuningdek, 800 ballistik raketadan iborat zarba Eron bo‘ylab 72 ta obyektdan, jumladan, yer osti uchirish moslamalaridan yo‘llanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Isroil armiyasi bayonotida havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni bartaraf etish uchun ishga tushirilgani qayd etilgandi. Aholiga xavfsiz joylarga yashirinib, keyingi ko‘rsatmalarni kutish tavsiya etilgan.
Shahed dronlari oddiy dronlardan farqli o‘laroq, bir martalik foydalanish uchun mo‘ljallangan va o‘z topshirig‘ini bajarib, ortga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmagan dron turidir
Shahed 2000 km gacha (boshqa manbalarga ko'ra 1000 km gacha) masofani bosib o'tadi, jangovar kallak bilan jihozlangan va GPS koordinatalari bo'yicha boshqarilishi mumkin.
Kichik o'lchamlari va past balandlikdagi parvozi tufayli ularni havo hujumidan mudofaa tizimlari aniqlash qiyin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты