Huawei 1
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan urush faxriylari soni ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 112 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yashayapti. Bir yil oldin ularning soni 174 nafar edi.

Eng ko‘pi Toshkent shahrida: 42 nafar faxriy istiqomat qilmoqda. Eng kami Sirdaryo viloyatida: 1 nafar.

O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi faxriylar soni:

- Toshkent shahri – 42 nafar;
- Toshkent viloyati – 16;
- Farg‘ona viloyati – 9;
- Qashqadaryo viloyati – 8;
- Buxoro viloyati – 6;
- Andijon viloyati – 5;
- Xorazm viloyati – 5;
- Namangan viloyati – 4;
- Navoiy viloyati – 4;
- Samarqand viloyati – 4;
- Surxondaryo viloyati – 3;
- Jizzax viloyati – 3;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2;
- Sirdaryo viloyati – 1.

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan tashqari 5271 nafar mehnat faxriysi ham istiqomat qilyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga