Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat Oliy diniy rahbari Oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik bildirdi.

Maktubda, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlarimiz qalblarida doimiy saqlanib qolishi taʼkidlanadi.

Davlat rahbari do‘st Eron xalqiga, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51010 | Инструменты