Jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10-dekabr kunlari O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 11-12-dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O'zgidromet" xabar qilmoqda.
10-11-dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin).
Havo harorati asta-sekin pasayadi va 11-12-dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Toshkentda: 10-11 dekabrda, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). 11-12-dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
9-12-dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti maslahatomus hisoblanadi.
Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, O‘zgidromet – “Tezkor gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabari bilan e’lon qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11911 | Инструменты