Mobiuz va Huawei Toshkent viloyati va boshqa hududlardagi tarmoqlarni keng ko‘lamli modernizatsiya qildi

Mobiuz mobil aloqa operatori va Huawei kompaniyasi 2025-yildagi o‘zaro hamkorlikning asosiy natijalariga bag‘ishlangan rasmiy tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili birgalikda samarali loyihalar amalga oshirildi: butun respublika bo‘ylab minglab tayanch stansiyalari ishga tushirildi, uskunalar modernizatsiya qilindi, tarmoqlar barqarorligi oshirildi.
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini qamrab olgan loyihalar, ayniqsa, bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ushbu hududlarda 500 dan ortiq joylashuvlarda va 1270 dan ortiq tayanch stansiyalarda ishlar olib borildi.

Xususan, Mobiuz tarmoqlarini to‘liq modernizatsiya qilish bo‘yicha SWAP loyihasi Toshkent viloyatining bir qator shahar va tumanlarni qamrab oldi. Hamkorlikdagi ishlar davomida tarmoq sifat jihatidan yangilandi: 110 dan ortiq obyektda yangi tayanch stansiyalari o‘rnatildi va mavjudlari almashtirildi, texnik infratuzilma modernizatsiya qilindi, tarmoqlar muvofiqlashtirildi.

Natijada ushbu hududdagi tarmoqlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 90 foizga oshdi. Huawei kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hududlarda Mobiuz mobil internetni yuklab olish tezligi bo‘yicha yetakchiga, shuningdek, 4G LTE tarmoqlarini qamrab olish bo‘yicha yetakchilardan biriga aylandi.
Shuningdek, bir vaqtning o‘zida uchta hududda - Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aloqa va internet sifatini oshirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar o‘tkazildi. Yangi tayanch stansiyalari ishga tushirilib, texnik infratuzilma takomillashtirildi.

Loyihalar doirasida SuperBand texnologiyasi faol qo‘llanildi. U tarmoqlar barqarorligini oshirish, radiochastotalardan samarali foydalanish va abonentlar tajribasini yaxshilashga imkon yaratdi. Ushbu texnologiyani joriy etish natijasida tarmoqqa sezilarli yuklama tushgan sharoitda ham xizmatlarning yanada barqaror ishlashi va uzluksiz ulanishini ta’minlanmoqda. Bu esa raqamli ilovalar va abonentlarning kundalik hayoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Huawei kompaniyasi tomonidan mazkur hududlarning yirik shaharlarida o‘tkazilgan taqqoslash tahlili natijalariga ko‘ra, Mobiuz 4G LTE tarmoqlarida ma’lumotlarni yuklab olish tezligi va qamrov darajasi bo‘yicha boshqa operatorlar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda.
"Amalga oshirilgan loyihalar Mobiuz mobil aloqa operatorining texnologik yetakchilik va innovatsion yechimlarni joriy etishdagi qat’iyatining yorqin namunasidir. Biz shunchaki tarmoqni yaxshilash bilan cheklanib qolmay, O‘zbekistonning har bir hududida kelajakni ko‘zlab, raqamli infratuzilmani yaratmoqdamiz. Loyihalarning ko‘lami, amalga oshirish sur’ati va erishilgan natijalar professionallik hamda a’lo darajadagi jamoaviy ishni namoyon etmoqda", - deya ta’kidladi Mobiuz Bosh direktori Sobir Aripov.

"Raqamli O‘zbekiston"ni rivojlantirish, sun'iy intellektni joriy etish strategiyasini amalga oshirish va raqamli iste'dodlardan tashkil topgan mustahkam kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha belgilangan barcha maqsadlarga erishish uchun infratuzilmani mustahkamlash, innovatsiyalarni joriy etish va Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlarning bir-birini qo'llab quvvatlashi ayni damda har qachongidan muhimdir. Keng ko‘lamli loyiha davomida uyg‘un ishlash muhandislik jamoalarining yuqori darajadagi professional mahoratini namoyish etdi. Ular ba'zan qiyin sharoitlarda ham eng qisqa muddat ichida tarmoqni barqaror va yuqori sifatli yangilashni ta'minladilar", — deb hisoblaydi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi Bosh direktori Tan Syaosyan.

Tadbir doirasida SWAP loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va tarmoqlarni muvofiqlashtirishni ta’minlagan har ikkala kompaniya xodimlari taqdirlandi. Ularning kasbiy mahorati, hamjihatlikdagi ishi va muhandislik salohiyati shunday keng ko‘lamli loyihani belgilangan muddatda salmoqli natijalar bilan yakunlash imkonini berdi.

Ma’lumot o‘rnida:

Mobiuz - 8,1 milliondan ziyod abonent bazasiga ega O‘zbekistonning yetakchi telekommunikatsiya operatorlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya barcha zamonaviy aloqa xizmatlarini taqdim etmoqda hamda tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni, jumladan 5G ni joriy etishga faol ravishda sarmoya kiritmoqda.

Huawei - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jahon miqyosidagi yetakchi, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatida telekommunikatsiya sohasi uchun ilg‘or yechimlarni yetkazib beruvchi kompaniyadir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11913 | Инструменты