“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
Farmonga muvofiq, 2025-yilda mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, ko‘chalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish uchun aholi uchun barpo etilayotgan piyodalar va alohida velosiped yo‘laklari bo‘yida daraxtlar va o‘simliklarni ekish orqali “soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi. Sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari qurililadi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Mening bog‘im” loyihasi doirasida 200 million tup daraxt hamda butalar ekiladi, “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”da quyosh panellari yordamida quvvatlanuvchi yoritgichlardan foydalaniladi.
Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida 2025-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30120 | Инструменты