Huawei 1
O‘zbekistonda mahkumlarga masofaviy videouchrashuv xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi

Ichki ishlar vazirligining “Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning videouchrashuv orqali onlayn uchrashish imkoniyatlari takomillashtirilayotgani munosabati bilan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. 

Qonun bilan quyidagilar belgilanmoqda:

— Jazoni ijro etish muassasalari xususiyatini inobatga olgan holda ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning masofali videouchrashuvga bo‘lgan huquqini taʼminlash;

— Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarning oila va jamiyatdan uzilib qolishi oldini olish, ularning qonunga itoatkor xulq-atvorini rag‘batlantirish orqali kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini keskin kamaytirish;

— Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning huquqlarini xalqaro normalarga muvofiqlashtirish.

Qayd etilishicha, umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuvlari yoki telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa maʼmuriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi.

Masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvlar miqdori jazoni ijro etish muassasasining tartib turiga hamda mahkum saqlanayotgan sharoitga qarab belgilanadi. Mahkumning iltimosiga ko‘ra, mahkum jazoni ijro etish muassasasiga yetib kelgandan keyin, shuningdek alohida hollarda unga qo‘shimcha ravishda masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.

Intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotgan mahkumlarga faqat alohida hollarda masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashuvga ruxsat etilishi mumkin.

Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning masofali videouchrashuv yoki telefon orqali o‘zaro so‘zlashuvlari taqiqlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga