Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Hujjat jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilinmagan bo‘lib, hozirda vazirlik va idoralar orqali ko‘rib chiqilmoqda.
Unga ko‘ra, 2024-yilning 1-iyulidan chakana savdo, xizmat ko‘rsatish hamda umumiy ovqatlanish sohalarida jismoniy shaxslar tomonidan to‘lovlar mobil ilovalar (naqdsiz) va plastik karta orqali amalga oshirilganda 1% miqdorida keshbek qaytarilishi hamda naqd puldagi to‘lovlar uchun esa keshbek qaytarish tartibi bekor qilinishi belgilanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122417 | Инструменты