Huawei 1
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani ma’lum qilindi

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qayd etilgan nikohlarda ayollarning o‘rtacha yoshi 22,5 yoshni, erkaklarning o‘rtacha yoshi esa 27,4 yoshni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Nikohlanuvchi ayollarning yoshi bo‘yicha taqsimlanishi:

- 20 yoshgacha 18,4 foiz;

- 20-30 yosh 68,8 foiz;

- 31-40 yosh 9,3 foiz;

- 41 yosh va kattalar 3,5 foiz.

Nikohlar sonining eng ko‘p ulushi

- Samarqand viloyatida 11,4 foizga;

- Farg‘ona viloyatida 10,8 foizga;

- Qashqadaryo viloyatida 10 foizga;

- Toshkent shahrida 9,2 foizga;

- Andijon viloyatida 8,4 foizga teng.

Nikohlar sonining ulushi nisbatan kam:

- Sirdaryo viloyatida 2,6 foiz;

- Navoiy viloyatida 3,2 foiz;

- Jizzax viloyatida 4,2 foiz;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5,3 foiz;

- Buxoro viloyatida esa 5,5 foizni tashkil etgan.

Qayd etilgan nikohlarning eng katta ulushi 25 yoshgacha bo‘lgan ayollarga to‘g‘ri kelgan, ya’ni jami nikohlarning 80 foizini tashkil etgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122215 | Инструменты