Huawei 1
Oʻzbekistonda soʻnggi 7 yilda qariyb 100 mlrd dollarlik qurilish ishlari bajarilgani aytildi

Prezident raisligida qurilish industriyasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Unda mamlakatda so‘nggi yetti yilda qariyb 100 milliard dollarlik qurilish ishlari bajarilib, bu borada katta tajriba orttirilgani taʼkidlandi.

Lekin iqlim o‘zgarishi, energiya va tabiiy resurslar tobora tanqis bo‘layotgani, demografiya va ekologiya masalalari butun dunyoda qurilish industriyasida har kuni yangi yondashuv va yangi yechimlarni taqozo qilmoqda.

Masalan, hozirgi loyihalar faqat binoni o‘zini qurish bilan cheklanmasdan, avtoturargohi, yashil hududi, maktab-bog‘chasi, sport va xizmat obyektlari qanday bo‘ladi, degan savollarni ham kompleks qamrab olishi kerak.

Davlatimiz rahbari bu borada hali qiladigan ishlar juda ko‘pligini ko‘rsatib o‘tdi.

Ayniqsa, bizni sharoitda tannarx, sifat va qurilish madaniyati eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Yig‘ilishgacha 400 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, quruvchi va loyiha tashkilotlarining fikri o‘rganildi. Ularning ko‘pchiligi sohadagi byurokratiya va ortiqcha xarajatlar, mahsulotlar tannarxi va sifatiga eʼtiroz bildirgan.

Tadbirkorlarga to‘g‘ri sharoit yaratib berilsa, ularning o‘zi shaffof ishlashdan manfaatdor.

Tadbirkorlar reytingi joriy qilingandan keyin, 11 mingta quruvchi va ishlab chiqaruvchi quyi o‘rindan yuqori va o‘rta o‘ringa ko‘tarildi.

Ulardagi 90 mingta ish o‘rni “soya”dan chiqdi, o‘rtacha oylik 1,4 barobar oshdi. Lekin, sohada “yashirin iqtisodiyot” yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92320 | Инструменты