O‘zbekistonda "Technovation Girls-2023" xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
O‘zbekistonda Technovation Girls-2023 xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikaning barcha hududlaridan quyidagi sohalarni o‘rganishni istaydigan 12-18 yoshli faol qizlar ushbu tanlovga ariza topshirishi mumkin.
Offlayn-treninglar va seminarlar 3 ta shahar - Toshkent, Nukus va Farg‘onada o‘tkaziladi.
Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishlari mumkin.
"Siz mentorlar ko‘magida jamoangiz bilan mamlakatimizdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni yaratasiz. O‘zbekistonning eng yaxshi jamoalari xalqaro tanlov finaliga chiqishi va Kremniy vodiysiga (AQSh) borishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Ma'lumot o'rnida, "Technovation Girls yirik tanlovi O‘zbekistonda 2016-yildan buyon o‘tkazib kelinadi.
- 2017-yilda Techno Squad jamoasining ishtirokchilari ota-onalari bilan birgalikda Technovation Challenge finali o‘tkazilgan San-Fransisko shahrida bo‘lishdi.
- 2018-yilda San-Fransisko shahrida o‘tkazilgan finalda O‘zbekistonni Generation Z jamoasi taqdim etdi.
- 2021-yilda IT Ladies jamoasi xalqaro finalga chiqib, o‘z loyihasini Junior Regional Winner in Asia sifatida taqdim etdi.
Dasturda qatnashish bepul. Ingliz tilini bilish shart.
Qatnashish uchun barcha xalqaro tanlovning saytida ro‘yxatdan o‘tishi lozim: https://my.technovationchallenge.org/
Alpha version: 0.9.1.19 build 71309 | Инструменты