Tramp maʼmuriyati Rossiya bilan tinchlik bitimi imzolanishi chog‘ida Ukrainani o‘z hududlarining bir qismini berishga majbur qilishi mumkin. The Daily Telegraph maʼlumotlariga ko‘ra, Oq uy Tramp Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qiladigan bo‘lsa, Ukraina ehtimol o‘z hududlarining bir qismini Rossiyaga berishga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri kelishini bildirgan. Bu Rossiya armiyasining Lugansk, Donesk, Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq.
"Ukrainaning Yevropadagi ittifoqchilari bu pozitsiyadan xavotir bildirmoqda, ular Tramp bu kabi kelishuvni Kiyevning roziligisiz majburan qabul qildirishga harakat qilishi mumkinligi haqida o‘ylashmoqda. Shu sababli nizoni hal etish uchun Bryussel tomonidan muqobil reja taklif qilinishi mumkin", deyiladi maqolada.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71223 | Инструменты