Huawei 1
Hindistonda Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot eʼlon qilindi — Reuters

Joriy yil 12 iyun kuni Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga uchgan Air India aviakompaniyasiga qarashli Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti parvozdan taxminan 30 soniya o‘tib qulab tushgan edi. Aviahalokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 241 kishi halok bo‘lgan, u qulagan joyda ham o‘nlab insonlar vafot etgandi.

Reuters‘ning yozishicha, dastlabki hisobotga ko‘ra, samolyot halokatidan avval kabinada chalkashlik yuz bergan. Chunki bortda dvigatel yoqilg‘isini uzish tugmalari deyarli bir vaqtning o‘zida ishga tushib, dvigatellarga yoqilg‘i yetib borishi to‘xtagan. Bu haqda Hindistonning halokatlarni tergov qilish bo‘yicha rasmiy idorasi eʼlon qilgan hisobotda so‘z boradi.

Samolyot havoga ko‘tarilishi bilanoq, kuzatuv kamerasi zaxira energiya manbai – RAM havo turbinasining ishga tushganini qayd etgan. Bu esa dvigatellardan quvvat uzilgani belgisi edi.

Amerikalik aviatsiya eksperti Jon Nensning taʼkidlashicha, oddiy sharoitda uchuvchi parvoz paytida hech qachon bu tugmalarni o‘chirmaydi, ayniqsa samolyot ko‘tarila boshlaganida. Tugmalarni “cutoff” rejimiga o‘tkazish dvigatellarni deyarli darhol o‘chiradi. Odatda bu faqat samolyot aeroportda to‘xtagandan so‘ng yoki favqulodda holatlarda – masalan, dvigatelda yong‘in chiqsa – amalga oshiriladi. Hisobotda esa favqulodda holat bo‘lgani haqida hech qanday dalil yo‘q.

Boeing kompaniyasi hisobot yuzasidan Air India va tergovga yordam berishni davom ettirishini aytdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71300 | Инструменты