Huawei 1
O‘zbekistonda yil boshidan beri 4 700 odam qamaldi

Joriy yilning I choragi davomida O‘zbekistonda 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Hisobot davri davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 19 646 nafar shaxsga nisbatan 15 681 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 108 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

Sudlangan shaxs

lar soni 15 369 nafarni tashkil etib, shundan 4 764 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 10 319 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 286 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Sudlangan shaxslarning 13 611 nafari erkak, 1 708 nafari ayol, 6 066 nafari yoshlar (shu jumladan 702 nafari voyaga yetmagan) va 601 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Ma’lum qilinishicha, 2 042 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan, 8 181 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 2 746 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan va 3 765 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan yoki qayta malakalangan. 

Shuningdek, 27 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat ishlarning aksariyatini 

  • firibgarlik,
  • transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish,
  • o‘g‘rilik,
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar,
  • o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish,
  • hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish,
  • bezorilik,
  • qasddan badanga yengil shikast yetkazish,
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish, 
  • qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.

Shu bilan birga, yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 3 429 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

Apellyatsiya tartibida 2 706 nafar shaxsga nisbatan 2 064 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 92 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 825 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 1 523 nafar shaxsga nisbatan 1 330 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 115 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 475 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Shuningdek, taftish tartibida 1 598 nafar shaxsga nisbatan 1 360 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 46 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 268 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 286 nafar shaxsga nisbatan 240 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 58 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 87 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70319 | Инструменты